Rossiyada Idlibdagi vaziyat muhokama qilinadi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Idlibdagi vaziyatni muhokama qilish uchun yaqin kunlarda turk delegatsiyasi Rossiya poytaxtiga borishini ma’lum qildi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Idlibdagi vaziyatni muhokama qilish uchun yaqin kunlarda turk delegatsiyasi Rossiya poytaxtiga borishini ma’lum qildi.
Bu haqda “RIA Novosti” xabar tarqatgan.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Suriya armiyasi tomonidan berilgan artilleriya zarbalaridan so‘ng 5 nafar turk askari halok bo‘lgani aytilgan, shundan so‘ng Turkiya havo kuchlari zarbalari tufayli 100 dan oshiq suriyalik harbiylar yo‘q qilingani ma’lum qilingandi.