Rossiya va Xitoyda COVID-19 vaksinalari yetarlimi?
EI rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiya o‘z fuqarolarini vaksina bilan ta’minlashdan oldin boshqa mamlakatlarga sotayotganini da’vo qilmoqda.
Rossiya vaksinalarni, asosan, Vengriya, Serbiya va Argentina kabi mamlakatlarga yetkazib beryapti.
YeI rahbari Rossiya o‘z xalqiga yetarlicha doza yetkazib bermasdan, boshqa davlatlar bilan shartnoma tuzganidan hayron ekanini aytdi.
Germaniyadagi Marshal jamg‘armasi vakili Jeykob Kirkeardning ta’kidlashicha, Moskva tashqi siyosiy maqsadlariga erishish uchun vaksina sotishga qaror qilgan.
Rossiyada shartnomada ko‘rsatilgan miqdordagi vaksinani yetkazib berish imkoniyati mavjudligi shubha ostiga olinmoqda. Bu haqda “Euronews” telekanali xabar berdi.
Bundan tashqari, Xitoy ham vaksinalarni siyosiy qurol sifatida ishlatishga intilmoqda. Xalqaro aloqalar kengashi a’zosi Yanzong Xuang bayonot berishga harakat qildi.
Xitoy vaksinalaridan Serbiya va Turkiya foydalanmoqda.
Xuangning fikricha, mamlakat strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga urinmoqda.
“Reuters” bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirga qadar Rossiyada 4 millionga yaqin odam emlandi, Xitoy aholisi esa fevral oyi boshiga kelib 24 million doza qabul qilgan.