Rossiya UEFA tizimidan chetlatilmoqda
UEFA rasmiy veb-saytida Rossiya jamoalari tashkilot tizimidagi turnirlarda ishtirok etish huquqidan mahrum qilingani haqidagi qaror e’lon qilindi.
Ushbu hujjat 11 banddan iborat bo‘lib, taqiq jamlanmasi quyidagilarni qamrab olgan.
– Rossiya ayollar termasi joriy yil yozda o‘tadigan «Yevro-2022»da qatnashmaydi. «C» guruhida jamoa o‘rnini Portugaliya egallaydi;
- UEFA shafeligida yevrokubokning keyingi mavsumi RFsiz o‘tadi;
- Tuzilmaning xalqaro faoliyatiga salbiy ta’siri ehtimoli mavjudligi sababli 2028/2032 yillarda Yevropa chempionatini o‘tkazish bo‘yicha Rossiya da’vogarligi qabul qilinmaydi;
– Rossiya terma jamoasi Millatlar ligasining ikkinchi divizion guruhida o‘ynamaydi va o‘z-o‘zidan oxirgi - 4-o‘rinda, shuningdek «B» ligasi barcha jamoalari reytingida 16-o‘rinda qoladi;
- «U-21» terma jamoasining Yevropa chempionati saralashidagi guruh natijasi bekor qilindi, guruh tarkibi 5 jamoadan iborat bo‘ladi;
- Rossiya ayollar terma jamoasining «Jahon chempionati-2023» natijasi bekor qilindi;
– Rossiya ayollar terma jamoasi futzal bo‘yicha "finalda to‘rtta" bahsida o‘ynamaydi. Ukraina, Portugaliya va Ispaniya bilan kvartetdagi to‘rtinchi joy Vengriyaga topshiriladi;
– 2022/23 mavsumida Rossiya klublari futzal bo‘yicha Chempionlar ligasida o‘ynamaydi;
– Rossiya U-17 va U-19 terma jamoalari tegishli musobaqalardan chetlatildi;
– Rossiya 2022/23 mavsumining Hududlar kubogida ishtirok etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Rossiyani saralash o‘yinlaridan chetlashtirgan holda Polsha terma jamoasiga qarshi «JCH-2022» saralashida jamoaga texnik mag‘lubiyat yozilgandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA