Rodri: Gavi so‘zlashdan va harakat qilishdan tortinmaydi
Bizga uning fe’l-atvori juda yoqadi.
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri jamoadoshi Gavi bilan bo‘lgan vaziyat haqida gapirdi.
"Gavi juda g‘ayratli va intiluvchan yigit. U gapirishdan va harakat qilishdan tortinmaydi, unga baribir. Bizga uning fe’l-atvori juda yoqadi. U mashg‘ulotlar vaqtida ham qattiq harakat qiladi va hech kimni ayab o‘tirmaydi. Mashg‘ulotlarimiz tasvirga olinayotganini bilmasdim, lekin to‘qnashuv paytida qo‘rquvdan o‘layozdim", - dedi xavbek.
Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Urugvay, Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.