Rassom mahoratini tomoshabin belgilaydi
Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, professor Akmal Ikromjonov va shogirdlarining “Ustoz va shogird” turkumidagi “Men rassomman” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Taniqli rassom Akmal Ikromjonov bir necha yillar davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida dars berish bilan bir qatorda, iste’dodli shogirdlarini ijodga davomli yo‘naltirib kelmoqda.
Ko‘rgazmada taqdim etilayotgan asarlarning aksariyati oxirgi ikki yilda ishlangan.
Rassom ijod qilar ekan tevarak-atrofga, koinotga va nihoyat, o‘zining kichik olamiga sayohat qiladi va buning mahsulini tomoshabin hukmiga havola etadi. Rassom asarlarining kompozitsiyasi, ranglari, mavzusi, syujetlari, undagi unsurlari orqali borliqqa munosabatini bildirgancha, o‘zligini, o‘z “meni”ni turli shaklda, unsurda yoinki, qiyofada aks ettiradi. Rassomning “meni” esa uning rassomlik, ijodkorlik mavqeini belgilab beradi.
Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan asarlar, ularning mualliflari haqida mulohaza qilib, xulosa chiqarishni har bir tomoshabning o‘ziga havola etamiz.
[gallery-6565]
Gulnoza Boboyeva, Oybek Pardayev (surat), O‘zA