Ranglarda mavj etar Vatan siymosi
FOTOREPORTAJ
Namangan davlat universiteti san’atshunoslik fakultetida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasidagi “Ranglarda mavj etar Vatan siymosi” nomli ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada fakultet professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarining ijodiy ishlari namoyish etildi.
Rassomlarning go‘zallik, nafislik, milliylik, ayol siymosi, Vatan, oila, sevgi, mehr-muhabbat aks etgan hamda natyurmort janrida ishlangan asarlari ayniqsa, ko‘pchilik e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Ushbu asarlarning har birida ko‘ngil, borliq, hissiyot va yosharish dunyosi yashiringan. Rassomlarning dunyoqarashi va tuyg‘ulari aks etgan asarlarni kuzatib, mo‘’jizali san’at olamiga kirib ketish mumkin.
Ko‘rgazma so‘nggida faol ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-6770]
Hotam MAMADALIEV (surat) O‘zA