Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish yuzasidan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan milliy dastur” ijrosi yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etib, jazo o‘tayotgan yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxslar va ularning oila a’zolari sharoiti bilan tanishish, suhbatlar o‘tkazish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash orqali ularni ijtimoiy hayotga qaytarish choralarini ko‘rish bo‘yicha Namangan shahar hokimligi huzurida Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiyasi tomonidan ishchi guruh tuzilgan.
[gallery-21174]
Bugun mazkur ishchi guruh ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlarga sudlar tomonidan tayinlangan jazoni o‘tash davrida qayta jinoyat hamda ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etmaslik, mehnatga halol munosabatda bo‘lish to‘g‘risida mas’ul xodimlar tomonidan tushunchalar berildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytarildi.
Shuningdek, tadbir doirasida tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan yoshlar Namangan shahar “Ishga marhamat monomarkazi”ga yo‘nalishlar bo‘yicha jalb qilindi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA