Quyosh panellaridan foydalanish kengaymoqda
Sirdaryo viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini bosqichma-bosqich joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda energiya tejamkor texnologiyalardan keng foydalanish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Sirdaryo” IES korxonasida 2023-yilda quvvati 1326 kVt bo‘lgan quyosh panellari ishga tushirilgan bo‘lib, o‘z ehtiyojlari uchun 1430 Mvt muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarilgan va natijada elektr energiyasi iste’molidan qariyb 1 milliard so‘m iqtisod qilingan.

Shuningdek, “Sirdaryo” IES korxonasi hududida 2024-yilning 1-choragida qo‘shimcha ravishda 520 Kvt hajmdagi quyosh panellari o‘rnatilib, hozirgi kunda to‘liq ishga tushirilgan.

Viloyatda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari jadallik bilan davom ettirilib, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish orqali mahsulot tannarxini yanada pasaytirishga erishilmoqda.
Sh.Suyarov,
O‘zA muxbiri.