Quriliş maydonlarida tungi nazorat
Quriliş sohasida işlab çiqariş jarayonlarining uzluksizligini taʼminlaş bilan bir qatorda, işçi-xizmatçilarning hayoti va salomatligini muhofaza qiliş ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida vaqtinçalik yaşaş joylaridagi isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş, elektr tarmoqlaridagi nosozliklar yonğin çiqişi yoki insonlarning is gazidan zaharlanişi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Şu bois Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xodimlari tomonidan quriliş obʼektlarida ötkazilgan tungi reyd tadbirlari ham ana şu maqsadga qaratildi. Unda işçi-xizmatçilar istiqomat qiladigan vaqtinçalik yaşaş joylarida yonğin xavfsizligi talablariga amal qilinişi atrofliça örganildi.

Nazorat jarayonida vaqtinçalik yotoqxonalarning holati, isitiş moslamalaridan foydalaniş tartibi, elektr jihozlari va tarmoqlarining texnik xavfsizligi, şuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda odamlarning xavfsiz hududga çiqiş imkoniyatlari tekşirildi. Xususan, nostandart isitiş peçlaridan foydalaniş, elektr tarmoqlariga ortiqça yuklama tuşişi, simlarning nosozligi va isitiş uskunalarini belgilangan talablarga zid ravişda işlatiş bilan boğliq holatlarga eʼtibor qaratildi.
Bundan taşqari, işçi-xizmatçilarni is gazidan zaharlaniş xavfidan himoya qiliş masalasi ham reydning muhim yönalişlaridan böldi. Bu borada gaz va isitiş uskunalaridan töğri foydalaniş, xonalarni muntazam şamollatiş, möri hamda tutun çiqariş yöllarining sozligini taʼminlaş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi.

Örganişlar davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli çoralar körilib, masʼul şaxslar va işçi-xizmatçilarga xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qiliş, elektr va isitiş jihozlaridan foydalanişda ehtiyotkor böliş, yonğin yoki boşqa favqulodda vaziyatlar sodir bölganda töğri harakatlaniş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Qayd etiş joizki, xavfsiz mehnat şaroitini yaratiş faqat iş jarayonidagi muhofaza çoralari bilan çeklanmaydi. Işçilarning yaşaş va dam oliş joylarida ham yonğin xavfsizligi talablariga amal qilinişi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi va isitiş tizimlarining xavfsiz işlaşi inson hayotini asraşda hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Şu maʼnoda, bunday profilaktik tadbirlar nafaqat mavjud kamçiliklarni aniqlaş va bartaraf etiş, balki odamlarda xavfsizlik madaniyatini şakllantiriş, ehtiyotsizlik tufayli kelib çiqişi mumkin bölgan köngilsiz holatlarning oldini olişga ham xizmat qiladi.
A.Musayev, ÖzA