Qozog‘istonda 225 maktab ochiladi
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev murojaatnomasida aytilgan topshirig‘iga ko‘ra, maktablarda o‘rin yetishmovchilik masalasi bosqichma-bosqich hal qilinmoqda.
Ta’lim va fan vazirligidan ma’lum qilishlaricha, o‘tgan yil 163 ming 301 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 277 ta maktab foydalanishga topshirilgan. Joriy yilda esa kamida 214,5 mingdan ziyod o‘quvchini qabul qilish maqsadida 225 ta maktab ochish rejalashtirilgan.
– Aholi jon boshiga moliyalashtirish va davlat xaridlari tizimini rivojlantirish orqali zarur huquqiy baza yaratilib, xususiy investorlar resurslari faol jalb etilyapti, – deyiladi vazirlik xabarida. – Nafaqat uch smenali maktablar va o‘rinlar yetishmovchiligi masalasi hal qilinmoqda, balki bir smenali ta’limga o‘tish ham davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 sentyabrda Prezident murojaatnomasida shunday deyilgan: “O‘rta ta’lim tizimidagi eng katta muammolardan biri – bu maktablarda o‘rinlar yetishmovchiligi. 225 ming o‘quvchi ta’lim olishi uchun joy yetarli emas. Shoshilinch choralar ko‘rmasak, 2025 yilga borib o‘rinlar taqchilligi 1 millionga yetadi. 2025 yilga qadar kamida 800 ta maktab qurish vazifasini yukladim. Bugun esa ularning sonini mingtaga yetkazishni topshiraman”.