Qozog‘iston TIV izoh bilan chiqdi
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi ayrim ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan xabarlar yuzasidan izoh berdi.
Izohda Mangistau viloyati va mamlakatning barcha yirik shaharlarida tinch namoyishlar bo‘lib o‘tgani, ammo keyinchalik zo‘ravonlik va keskinlik keltirib chiqarish maqsadida vaziyatdan terrorchi, ekstremist va jinoiy guruhlar foydalanib qolgani ta’kidlanadi. Olmaota va mamlakatning boshqa mintaqalaridagi xodisalar Qozog‘iston xorijda yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan va terror guruhlari tomonidan muvofiqlashtirib turilgan qurolli tajovuzga duch keldi, deyiladi bayonotda. Shu sababli mamlakatda favqulodda holat joriy qilindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlar orasida radikal guruhlar tomonida turib «qaynoq nuqtalar»dagi jangovar xarakatlarda tajriba ortirgan shaxslar ham bor.
Ayni dam Qozog‘iston xuquq-tartibot idoralari va Qurolli kuchlari ayrim OAVda ta’kidlanganidek, «tinch norozilik namoyishchilari»ga qarshi emas, balki terrorchilarga qarshi kurashmoqda.
Yuzaga kelgan vaziyat tufayli Qozog‘iston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB)ga murojjat qildi. Vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tashkilot Qozog‘istonga 2 500 ga yaqin tinchlikni saqlovchi kuchlar vakillarini yubordi. Ularning vazifasi strategik ob’ektlarni qo‘riqlash va Qozog‘iston xuquq-tartibot idoralariga ko‘mak berishdan iborat.
Ta’kidlash joiz, terror guruhlariga qarshi, asosan, Qozog‘iston Qurolli kuchlari va xuquq-tartibot idoralari jangovar harakat olib bormoqda.
ODKB tinchlikni saqlovchi kuchlari respublikada vaqtincha bo‘ladi. Vaziyat barqarorlashgandan so‘ng Qozog‘iston tomonining ilk murojjatidan keyinoq, darhol mamlakatdan chiqib ketadi. Tinch namoyish ishtirokchilari ta’qib qilinmasligini alohida ta’kidlash lozim, deya qo‘shimcha qilingan bayonotda.
Yuzaga kelgan vaziyat sabablarini o‘rganish maqsadidla xuquq-tartibot idoralariga tegishli topshiriq berildi. Natijalar xalqaro hamjamiyatga taqdim qilinadi.
Qayd etish kerak, Qozog‘iston xalqi Prezident Qasim-Jomart Toqayevning mamlakatga tinch hayotni qaytarish borasidagi qarorlari va hatti-harakatini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Qozog‘iston demokratiya va Konstitutsiyani radikallar va terrorchilardan himoya qilishga azm-u qaror qilgan!
Ming afsuski, to‘qnashuvlar natijasida tinch aholi hamda harbiy xizmatchi va xuquq-tartibot idoralari xodimlari orasidan qurbonlar berildi.
Shu munosabat bilan 2022 yilning 10 yanvar kuni mamlakatda umummilliy motam e’lon qilingan, deyiladi Qozog‘iston TIV izohida.