“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi raqamlarda
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi O‘zbekiston Prezidentining farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi ilk sanoat markazlaridan biridir.
Dunyo tajribasida, masalan, Turkiyada “Gebzi”, Xitoyda “Shenjen” kabi maxsus yirik sanoat rayonlari uchraydi. Ular shahardan tashqarida, ilgari bo‘sh turgan maydonlarda tashkil etilgan. Tadbirkorlarga dastlab yer tekinga berilgan. sanoat korxonasi qurish uchun imtiyozli kredit mablag‘i ajratilgan. U ishga tushgach bir qator soliqlardan ozod qilinishi, bojxona imtiyozlari e’lon qilingan. Yana bir jihati shundaki, davlat sanoat zonasi infratuzilmasini, ya’ni yo‘l, elektr, suv, suvoqova, gaz ta’minoti tuzilmalari qurilishini o‘z zimmasiga olgan. Natijada qisqa vaqt ichida mazkur iqtisodiy zonalar mamlakatning eng yirik ishlab chiqarish hududiga aylangan. Masalan, birgina Turkiyadagi “Gebzi” erkin iqtisodiy zonasida bir yilda 22,4 mlrd AQSH dollariga teng mahsulot eksport qilinadi.
2017 yildan O‘zbekistonda ham xorij tajribasi qo‘llana boshladi. Taqqoslash uchun aytsak, 2024 yilda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi eksporti viloyat eksportining 11,5 foizini tashkil etdi. Quyida siz uning faoliyatiga doir ayrim raqamlar bilan tanishasiz.






Muhammadjon Obidov, O‘zA