Qo‘l telefonlari egasiga yetib bormadi
Xorijdan noqonuniy yo‘llar orqali telefon apparatlarini olib kirgan shaxsning noqonuniy xatti-harakatlariga bojxona xodimlari tomonidan chek qo‘yildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahriing Bahouddin Naqshband ko‘chasida joylashgan mehmonxonalardan birida vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqaro A.A ning xonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan jami 77 dona mobil telefon apparati borligi aniqlangan.


Umumiy qiymati 433 million so‘mni tashkil etuvchi ushbu telefonlar hozir vaqtincha saqlash uchun olingan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri