Qodirov chechenlarni frontdan asrayaptimi, AQSH Iroqdan chiqmoqda, Putin Kuril orollariga bordi - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Ukrainadagi urushni omma oldida qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, chechen jangchilarini frontga yuborishga ehtiyotkorlik bilan yondashayotgani, AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning 30-sentabrgacha Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqishi hamda Turkiyada F-16 qiruvchi samolyotining qulashi va uchuvchining omon qolgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ilk bor bahsli Kuril orollariga tashrifi, AQSH prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi Kerolayn Levittning ikki nafar farzandiga ko‘proq vaqt ajratish uchun lavozimini tark etishi va Alyaskada bukri kitning 7,6 metrli yelkanli qayiqni atigi uch daqiqada cho‘ktirib yuborgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/rQlg4g5FC8k?si=nMp9yPsRGFbcuNmf" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA