Qoʻqonda Samarqand noni pishirildi
Qoʻqon shahrida oʻtkazilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivalida samarqandlik usta va hunarmandlar ham ishtirok etmoqda.
Qoʻqon shahrida oʻtkazilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivalida samarqandlik usta va hunarmandlar ham ishtirok etmoqda.
Samarqandlik novvoylar bugun dunyoga mashhur Samarqand nonini Qoʻqonda tayyorlab, festival qatnashchilariga ulashdi.
Rivoyatlarda qadim zamonlardan buyon ne-ne hukmdorlar boshqa joylarda ham Samarqand nonini pishirtirishga urinsa-da bu ishning uddasidan chiqa olmagani aytiladi. Bugun esa samarqandlik novvoylar bu ishni uddalamoqda. Aytishlaricha, nonni pishirish uchun Samarqand tuprogʻi va gilmoyasidan yasalgan tandirdan foydalanilgan.