Qo‘li gul zardo‘z
Buxorolik mohir hunarmand Robiya Yunusovaning zardo‘zlik mahsulotlarida qadimiy qadriyatlarimiz va zamonaviylik g‘oyat nafis tarzda uyg‘unlashgani bilan xaridorgirdir.
Buxorolik mohir hunarmand Robiya Yunusovaning zardo‘zlik mahsulotlarida qadimiy qadriyatlarimiz va zamonaviylik g‘oyat nafis tarzda uyg‘unlashgani bilan xaridorgirdir.
“Hunarmand” uyushmasining faxriy a’zosi R.Yunusova milliy hunarmandlik san’ati ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Qator xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda uning “Guli anor”, “Bahor ansambli”, “Shodlik”, “Mustaqillik beshigi”, “Dutorchi qizlar” kabi asarlari muxlis va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.