“Qizlar forumi”da 300 nafar qiz jam bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Yoshlar markazida iqtidorli, faol va tashabbuskor qizlarni bir joyga jamlagan “Qizlar forumi” o‘tkazildi.
“Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun!” shiori ostida tashkil etilgan forumda 300 ga yaqin qiz ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar yurtimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning jamiyatda munosib o‘rin topishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda qizlarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida o‘rganib bartaraf etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida alohida to‘xtaldi.
Forum davomida viloyatdagi faol mahalla yetakchilari, “Qizlar ovozi” koordinatorlari hamda “Inklyuziv ta’lim” markazining faol, iqtidorli qizlari munosib taqdirlandi. Shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan 15 nafar qizga o‘zlarini band qilishi uchun tikuv mashinalari topshirildi.
[gallery-9111]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA