“Qizilqumsement”ning yangi liniyasi
“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida yana bir yangi liniya – yettinchi tegirmon ishga tushirildi.
“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida yana bir yangi liniya – yettinchi tegirmon ishga tushirildi.Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining 2010-yil 15-dekabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Ushbu tegirmonning ishga tushirilishi bilan “Qizilqumsement”da yiliga qo‘shimcha 350 ming tonna sement ishlab chiqarish imkoniyati yaratilib, o‘nga yaqin yangi ish o‘rni ochildi.
– Yangi liniya soatiga 80 tonna M400 markali sement ishlab chiqarish quvvatiga ega, – deydi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati direktorining kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Murod Islomov. – 2015-yilda uning ikkinchi bosqichi ishga tushiriladi. Shunda M500 markali sement ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi.