Qizilqum jozibasi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatining shimoli-g‘arbiy qismida yastangan Qizilqum cho‘lining tabiati o‘ziga xos bo‘lib, uning asosiy qismini baland va o‘rtacha tekislikdagi qumlar tashkil qiladi. Qizilqum iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq quyoshli va quruq bo‘ladi. Qish paytida havo harorati –31, –33 darajagacha pasayib ketadi. Yozda esa harorat 48 daraja issiq bo‘ladi. Qumlarning usti +75, +80 darajagacha qiziydi. Bu yerda yog‘ingarchilik kam bo‘ladi.
Bepoyon Qizilqum cho‘li bo‘ylab ketishda, baland-baland qumtepaliklar ko‘zga tashlanadi. Ushbu tepaliklar ayniqsa, quyosh botayotgan vaqtda o‘ziga xos go‘zallik kasb etadi.
[gallery-12450]
Cho‘lda saksovul, quyonsuyak, qum akatsiyasi, selin, kavrak, yulg‘in kabi qurg‘oqchilikka chidamli tabiiy o‘simliklar o‘sadi. Shuningdek, bu joylarda cho‘l mushugi, bo‘ri, tulki, kiyik, quyon, toshbaqa, chayon, qum sichqoni, kaltakesak, oq ilon, qora qurt kabi hayvon va jonzotlarni uchratish mumkin.
Ayni paytda Qizilqum tinimsiz sayohatchilar oqimini o‘ziga jalb qilayotgan sayyohlik mintaqalaridan biriga aylangan. Tashrif buyuruvchilar keng dashtliklarda uni o‘zi uchun qayta kashf etish va xilma-xillikni tadqiq qilish imkoniga ega. Aytishlaricha, kimki o‘z qalbiga nazar solish istagida bo‘lsa va o‘zini anglashni xohlasa, buning uchun eng munosib joy – sahro ekan.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA