“Qizilqum” jamoasi peshqadam
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasining birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasining birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.Unda amaldagi chempion – “Paxtakor” o‘z maydonida “Olmaliq” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Qarshining “Nasaf” jamoasi “Andijon” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
“Bunyodkor” jamoasi a’zolari “Buxoro” jamoasi darvozasiga javobsiz ikki to‘p kiritdi, “Lokomotiv” (Toshkent) va “Metallurg” (Bekobod) o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.
Birinchi turdagi eng yirik hisob “Qizilqum” (Navoiy) va “So‘g‘diyona” (Jizzax) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda qayd etildi. Navoiyliklar 4:1 hisobida raqiblarni mag‘lubiyatga uchratdi. Muborakning “Mash’al” jamoasi Namanganda “Navbahor”ni 2:0 hisobida yenggan bo‘lsa, “Dinamo” o‘z maydonida “Qo‘qon – 1912” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Neftchi” va “Sho‘rtan” (G‘uzor) o‘rtasidagi bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Shu tariqa musobaqa jadvalida “Qizilqum” jamoasi birinchi, “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari keyingi o‘rinlarda bormoqda. “Mash’al” va “Qo‘qon – 1912” hisobida ham uch ochkodan bor.