Qishga zaxira g‘amlanmoqda
Buxoro tumanidagi «Buxoro Temur otlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kuz-qish davrida sifatli saqlash, aholini yil davomida meva-sabzavot bilan uzluksiz ta’minlashga hissa qo‘shish maqsadida dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan 20 dan ziyod shartnoma tuzgan.
Buxoro tumanidagi «Buxoro Temur otlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kuz-qish davrida sifatli saqlash, aholini yil davomida meva-sabzavot bilan uzluksiz ta’minlashga hissa qo‘shish maqsadida dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan 20 dan ziyod shartnoma tuzgan.Korxonaning ushbu maqsadga xizmat qiluvchi 400 tonna sig‘imga ega sovutgichli omborxonasi mavjud. Ayni paytda bu yerda zaxira g‘amlash ishlari jadal olib borilmoqda.