Qilinmagan parvozning chiptasi qaytarildi
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani "Jogari" MFYda yashovchi fuqaro T. Z. 2022 yil 4 martda Vobkent tumanida joylashgan “Lochin ekspress plyus” MCHJga qarashli aviakassadan 2 million 930 ming so‘mga aviabilet xarid qiladi. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra fuqaro T.Z. Rossiya Federatsiyasiga uchmadi. Chiptani qaytarib topshiradi.
Shundan so‘ng T.Z joriy yil 6 iyulgacha chipta pulini qaytarib ololmagani uchun Bosh prokuratura ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Bosh prokuraturadan kelib tushgan murojaatni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya kilish Federatsiyasi Buxoro viloyat Vobkent tuman jamiyati o‘rganib, chipta puli o‘z egasiga to‘liq olib berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA