Qidiruvdagi shaxs topildi
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudning 2017-yil 27-noyabr kungi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi S.N. foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdor S.B.dan aliment undirish belgilangan.
Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida, qarzdorning yashash manziliga borilganida, ushbu manzilda yashamayotganligi, uning yashash manzili haqida aniq ma’lumot yo‘qligi aniqlandi. Shu sababli, unga nisbatan Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilindi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor Toshkent shahridan topildi. U shu kunning o‘zida aliment pulidan yuzaga kelgan 24,2 million so‘m qarzini sobiq turmush o‘rtog‘iga to‘lab berdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri