Qayqidagi zamonaviy ta’lim maskani
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Qayqi qishlog‘idagi 8-umumta’lim maktabida 1 ming 424 nafar o‘g‘il-qiz saboq olmoqda.
Ta’lim maskanining mavjud binosi 2021 yil to‘la ta’mirlanib, qo‘shimcha 360 o‘rinli yangi o‘quv binosi ham qurildi. Sinf xonalari zarur jihozlar, o‘quv qurollari, anjomlar bilan ta’minlandi. Maktab atrofini yoritish, isitish tizimi davr talabi asosida yangilandi. Umuman aytganda, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratildi.
O‘quvchilarning kasbga qiziqishini e’tiborga olib, tillar yo‘nalishida variativ sinflar tashkil etilgan. Bu sinflarda ona tili, ingliz tili fanlari chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi.
Maktabda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar diqqatga sazovor.
O‘tgan o‘quv yilida maktabni 84 nafar o‘quvchi bitirdi. Ulardan 7 nafari oltin medal sohibi bo‘ldi. 32 nafar bitiruvchi esa oliy o‘quv yurtlarida tahsilni davom ettirmoqda.
[gallery-5860]
Hotam MAMADALIEV (surat) O‘zA