Qator loyihalar muhokama etildi
FOTOREPORTAJ
“Butunjahon yoshlar festivali” doirasidagi tadbirlar Buxoroda ham yuksak saviyada o‘tkazildi.
Festivalning birinchi kunida ishtirokchilar “ARK” Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga sayohat qildi hamda “Nodir-Devonbegi” madrasasida faoliyat yuritayotgan milliy hunarmandlar ish jarayoni bilan tanishdi.
Festivalning ikkinchi kunida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining Yoshlar Kengashini tuzish bo‘yicha ekspertlar yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida “Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining Yoshlar ishlari bo‘yicha kengashi to‘g‘risidagi nizom” loyihasi taqdimoti muhokama etildi hamda o‘zaro fikr almashinib, yakunga ko‘ra, mazkur davlatlarning diplomatik korpuslari orqali rasmiy kelishuv rejalashtirildi.
[gallery-18083]
Shuningdek, Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo yosh liderlari forumi, O‘zbekiston-Koreya yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi. Unda “GDG Tashkent” kelajakni birgalikda quramiz” va IT sohasida muvaffaqiyatli startap boshlash sirlari doirasida muhokamalar olib boriladi va takliflar ishlab chiqildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA