Qashqadaryolik Paralimpiyachilar kutib olindi
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida qashqadaryolik Asila Mirzayorova, Dovurxon Karamatov va Nuriddin Davlatovlar yurtimiz sha’nini himoya qildi.
Yakunda Asila Mirzayorova hamda Dovurxon Karomatov kumush medallariga ega chiqishgan bo‘lsa, Nuriddin Davlatov musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.
Ushbu matonatli sportchilar keng jamoatchilik va yoshlar tomonidan katta tantanalar bilan kutib olindi. Marosim davomida ularga Prezident sovg‘alari topshirildi.
[gallery-3860]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA