Qashqadaryo yashil shaharga aylanadi
Mutaxassislar bitta daraxt bir kunda 200 kishiga yetadigan kislorod ishlab chiqarishini ta’kidlaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik»ni e’lon qilingani ham atrof-muhit musaffoligi va ekologiyani tozalanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bu boradagi ishlar Qashqadaryo viloyatida ham uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Butun viloyat bo‘ylab barcha mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi, tashkilot va idoralar xodimlari bu xayrli ishga hissa qo‘shish maqsadida o‘z hududlarining obodligi uchun amaliy harakatni boshladi.
Xayrli ish Qarshi shahridagi «Alisher Navoiy» ko‘chasidan boshlandi. «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida hashar uyushtirilib, ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu «dolzarb 40 kunlik» doirasida viloyatda 16 million tupdanortiq ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan. Kelgusida viloyatning barcha hududlari yashillikka burkanib, ekologik musaffolikka erishilishini tasavvur qilish mumkin.
[gallery-4540]
Qarshi shahridagi hashar ishlarida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham ishtirok etdi. Bu kabi ishlar viloyatning tuman va shaharlarida ham 10 dekabrga qadar davom etadi.
O‘lmas Barotov,
Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA