Qarzdor alimentni to‘ladi
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2023-yil 25-oktabr kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.X. undiruvchi Z.A.ning foydasiga uning qaramog‘idagi bir nafar farzandi ta’minoti uchun har oyda aliment pulini to‘lashi belgilangan.
Shunga qaramasdan, qarzdor aliment pulini muntazam ravishda to‘lamay kelganligi oqibatida uning qarzdorligi 49,1 million so‘mni tashkil etgan. Shu sababli, Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudiga yuborildi.
Joriy yilning 12-sentabr kuni o‘tkazilgan sud majlisida qarzdor sud zalining o‘zida aliment to‘lovidan yuzaga kelgan qarzdorlikni to‘lab berdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri