Qarz sabab qimmatbaho avtomashina boy berildi
Majburiy ijro byurolari tomonidan vaqtida to‘lanmagan yirik qarzdorliklar qanday undirilyapti? Vaqtida to‘lanmagan qarzdorliklar keyinchalik mol-mulk bilan bog‘liq qarzdorlikdan ko‘ra kattaroq muammolarni keltirib chiqarishidan xabardormisiz?
Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro J.M qarz sabab xuddi shunday muammoga duch keldi.
«AT KAPITALBANK» Farg‘ona filiali foydasiga J.M.dan 258.820.000 so‘m qarz undirib berilgan.
Undiruv MIBning Toshloq tumani bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan. Qayd etilishicha, mazkur qarzdorlikni undirish bo‘yicha fuqaroga dastlab ixtiyoriy muddat berilgan. Ammo bu vaqt mobaynida qarzdorlik bartaraf etilmaydi. Marg‘ilon tumanlararo sudi tomonidan qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro hujjati chiqarilgan.
Lekin J.M. bir necha marta ogohlantirilsa-da, bank oldidagi majburiyatini bajarish chorasini ko‘rmagan. Shu sabab unga tegishli bo‘lgan “EQUINOX” rusumli avtotransport vositasiga shu yilning o‘zida qidiruv e’lon qilingan.
Qidiruv sho‘basi tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijalariga ko‘ra, “EQUINOX” avtomashinasi Farg‘ona shahrida harakatlanishi aniqlangan va ushlanib, jarima maydoniga olib kirilgan.
Hozirda xatlangan mulkni auksion savdosiga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zA