“Qalqon” jamoatchilik guruhi harbiy qismda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining volontyor talabalaridan tuzilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi Termiz garnizonidagi harbiy qismlarning birida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostidagi amaliy hamda nazariy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
[gallery-26705]
Kun davomida “Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolari harbiy qismda jismoniy, ma’naviy hamda saf tayyorgarligidan o‘tdi, harbiy xizmatchilar bilan birga sport estafeta o‘yinlarida munosib ishtirok etdi.
Tadbir talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatni mustahkamlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadiga qaratilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA