Qalblarda istiqlol shukuhi (+video)
Istiqlol – bu shunday ulug‘ ne’matki, o‘zligimizni, milliy an’ana va qadriyatlarimizni anglash imkonini bergan muqaddas ne’mat.
Ozod va obod yurtga bayramlar, to‘ylar yarashganidek, har bir ko‘chada, mahallayu, qishloqlarda bugun bayram shukuhi kezib yuribdi.
Qalblarga quvonch ulashuvchi bu shodiyona Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi “Yuqori shovot” mahallasiga ham o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Yaqinda mazkur mahalla guzarida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Mahalla ahli taklif qilinib, elga dasturxon yozildi.
Bu haqda batafsil O‘zAning “YouTube” kanalida tanishishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/F-OKdZ2Ttas" title="Qalblarda istiqlol shukuhi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA