Qalbi yaqin, rishtalari mustahkam do‘stlik
30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi rus, koreys, tojik va qirg‘iz milliy madaniy markazlari a’zolarining ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolari holidan xabar olindi.
[gallery-3249]
Viloyat hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir doirasida Namangan shahridagi “Do‘stlik uyi”da “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan 300 nafar turli millat vakiliga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari J.Aloydinov ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA