Qahramon ajdodlarimiz xotirlandi
FOTOREPORTAJ
Qarshi shahrida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat va shahar hokimligi, harbiylar, huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
[gallery-17350]
Marosim ishtirokchilari "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA