Qadimiy kema, Eronga yangi zarba rejasi va Istanbuldagi toshqin (+video)
Bugungi «Xorij xabarlari» dasturida Turkiya qirg‘oqlarida 4 700 yillik kema qoldiqlari topilgani, AQSHda grin-karta lotereyasini davom ettirish bo‘yicha sud qarori chiqarilgani hamda Ukraina Rossiya neftini qayta ishlash zavodlariga zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, AQSH harbiylari Erondagi yadroviy ob’ektlarga qarshi yangi zarbalar rejasini ko‘rib chiqayotgani, Rossiyada magistral gaz quvurida portlash yuz bergani va Istanbulda kuchli suv toshqini oqibatida maktablar yopilib, transport harakati izdan chiqqani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Nozimbek Mardonov,
Salim Obidjonov. O‘zA