Putin Kurskga tashrif buyurdi
30 kunlik otashkesim joriy qilinishi uchun xalqaro bosim kuchayayotgan bir paytda Ukraina qo‘shinlaridan butunlay qaytarib olingan hududga RF yetakchisi qadam bosdi. Bu haqda “BBC” nashri yozmoqda.
Putin Kurchatov shahrida bir nechta mas’ul rahbarlar bilan uchrashgan va hozirda qurilayotgan Kursk atom elektr stansiyasini ham ko‘zdan kechirgan.
“RIA Novosti” axborot agentligining xabariga ko‘ra, Putin tashrifi chog‘ida Ukraina qo‘shinlari hamon Rossiya chegarasi tomon harakatlanishga urinayotganini aytgan. Shuningdek, u ko‘chirilgan aholi uylariga qaytishi uchun minalardan tozalash bo‘linmalari sonini ko‘paytirishni buyurgan.
Ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyat biroz bo‘lsada susaygani yo‘q. Ukraina kecha tunda RFning 76 ta uzoq masofali uchuvchisiz samolyotidan 63 tasini, Moskva esa Kiyevning 159 ta hujumchi dronini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Musulmon Ziyo, O‘zA