“Pushti oktabr”: Ayollar salomatligini asrash – millatni asrash demak
Yurtimizda ko‘krak bezi saratoni profilaktikasiga bag‘ishlangan an’anaviy “Pushti oktabr” oyligi o‘tkazilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbus doirasida joriy yilning 10-oktabr kuni soat 08:00da Toshkent shahrida ayollar salomatligini qo‘llab-quvvatlash va ushbu xastalik haqida jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi.
“Tashkent City Boulevard” hududidan boshlanib, Shevchenko ko‘chasidagi Matcha Club’gacha davom etadigan mazkur marafon ayollar salomatligi va hayoti davomidagi har bir muhim qadamni birlashtiradi. Marraga yetib kelgan ishtirokchilar bilan samimiy muloqotlar tashkil etiladi.
Ko‘krak bezi saratonining oldini olish va uni erta aniqlash muhimligini targ‘ib etuvchi ushbu xayriya tashabbusi ayollar salomatligini asrash yo‘lidagi muhim qadamdir.
Mohigul Qosimova,
O‘zA