“PSJ” qatorasiga ikkinchi yil Yevropada tengsiz
Yevropa chempionlar ligasining joriy mavsum final uchrashuviga Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi “Pushkash Arena” stadioni mezbonlik qildi. Unda Angliyaning “Arsenal” hamda Fransiyaning “PSJ” klublari bosh sovrin uchun maydonga chiqdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘lim 6-daqiqasida Kay Havers hisobni ochdi va “Arsenal”ni oldinga olib chiqdi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Usmon Dembele penaltini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa final uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Shu bois, har ikkala jamoa qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob ochilmadi.

Penaltilar seriyasida “PSJ” 4:3 hisobida g‘alaba qozondi va ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA