“Prezident sovg‘asi” bolajonlarga muntazir
Yangi yil bayrami munosabati bilan Prezidentimizning bolalarga beriladigan sovg‘alari Nurafshon shahriga ham keltirildi. Sovg‘alar Toshkent viloyatidagi 970 nafar oilaviy bolalar uylari, boquvchisini yo‘qotgan, chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar farzandlariga beriladi.
“Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 turdagi o‘quv qurollari, smart soat, darts magnit taxtasi va 12 yoshdan kattalar uchun planshet kiritilgan.


Bu yil ham hududda viloyat hokimligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va bir qator tegishli tashkilotlar hamkorligida Yangi yil bayramini yuqori saviyada o‘tkazish, o‘g‘il-qizlarga quvonch ulashish uchun puxta hozirlik ko‘rilgan.
A.Musayev, D.Ernazarov(surat),
O‘zA muxbirlari