Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Prezident raisligida ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar hisobiga iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan xom ashyo va mahsulotlar narxi, ularni yetkazib berish xarajatlari beqarorligi ta’kidlandi.
Mahsulotlarimiz narx jihatdan raqobatbardosh bo‘lishini istasak, eng avvalo, o‘zimizdagi xomashyoni chuqur qayta ishlab, tayyor sifatli mahsulotlarni ko‘paytirishimiz shart va zarur, dedi davlatimiz rahbari.
O‘zA