Poytaxtimizda «CAFA Nations Cup-2025» turniri start oldi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston milliy terma jamoasi «Safa Nations Cup-2025» turniridagi ilk uchrashuvni O‘monga qarshi o‘tkazib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Vakillarimiz “A” guruhidan o‘rin olgan. Mazkur guruhda hamyurtlarimiz Qirg‘iz Respublikasi, O‘mon va Turkmaniston bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchilarimiz ikkinchi turni 2 sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi o‘tkazsa, so‘nggi turda Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Barcha o‘yinlar 19:30 da start olishi rejalashtirilgan.
“B” guruhidagi ikki bellashuv ham bo‘lib o‘tdi. Unda Eron terma jamoasi Afg‘onistonni 3:1 hisobida taslim etdi. Hindiston esa Tojikistonni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
[gallery-25074]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA