Poytaxt jamoasi mamlakat chempioni
Namanganda gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida poytaxt jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Navro‘z bayrami kunlari mamlakatimizning gandbol jamoalari 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida sovrinli o‘rinlar uchun bahslashishdi.
Qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan mamlakat chempionatida to‘rtta jamoa – Namangan, Xorazm, Navoiy va poytaxt vakillari sovrinli o‘rinlarga da’vogar ekanligini namoyish etishdi.
Shiddatli o‘yinlar yakuniga ko‘ra, namanganliklardan ustun kelgan Toshkent shahar gandbol jamoasi 1-o‘rinni, namanganliklar o‘z navbatida 2-o‘rinni hamda 3-4-o‘rinlar Xorazm hamda Navoiy vakillariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zA