Postlarda “Yashil yoʻlak”lar tashkil etilmoqda
Joriy yilning 14-aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga qilgan murojaatlariga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari ishtirokida kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Joriy yilning 14-aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga qilgan murojaatlariga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari ishtirokida kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda karantin munosabati bilan hududlar miqyosida avtomashinalarning kirib-chiqishi vaqtincha toʻxtaliganligi, qolaversa, avtomobillar qatnovi cheklanganligi qator soha vakillarida qiyinchilik va muammolarni yuzaga keltirayotgani taʼkidlandi.
Vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasida tezkor shtab tuzilib, viloyat postlarida maxsus avtotransport va texnikalarning harakatlanishi qatʼiy nazoratga olindi.
Xususan, ayni paytda, Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan chegara postlarida “yashil yoʻlak”lar faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilib, vazifalar samarali tartibda tashkil etildi. Ayniqsa, ichki ishlar organlari xodimlari saʼy-harakati tufayli ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi investorlar, karantin davrida aholiga oziq-ovqat mahsulotlarini beminnat yetkazib beruvchi tadbirkorlar hamda xalqimiz toʻkin dasturxoni uchun yerga baraka urugʻlarini qadagan zahmatkash fermerlarimizning yoʻllarda erkin hamda xavfsiz harakatlanishlari uchun imtiyozlar joriy etildi.
– Viloyatda hududiy ichki ishlar boʻlimlarining birinchi oʻrinbosarlari oʻz vaqtida shtablar tashkil etib, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirishga kirishishdi, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik I.Tillayev. – Tunu-kun nazorat postlarida oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib kelayotgan soha fidoyilari karantin davrida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash barobarida, aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalari bilan taʼminlashni nazorat qilishga muhim hissa qoʻshmoqda.