Polvonlarimiz sohil kurashida tengsiz
Janubiy Koreyaning Pusan shahrida sohil kurashi boʻyicha III Xalqaro chempionatida polvonlarimiz 6 oltin va 1 kumush medal bilan umumjamoa oʻrtasida birinchi boʻldi.
Janubiy Koreyaning Pusan shahrida sohil kurashi boʻyicha III Xalqaro chempionatida polvonlarimiz 6 oltin va 1 kumush medal bilan umumjamoa oʻrtasida birinchi boʻldi.
Sohil kurashi boʻyicha xalqaro chempionatda qitʼamizning 9 mamlakatidan kelgan polvonlar 15 vazn toifasida – erkaklar 66, 73, 81, 90, +90 kg vaznlarda, ayollar esa 52, 63, 78 kg + 78 kg ogʻirlikda gʻoliblik uchun bellashdi.
Erkaklar oʻrtasidagi 73 kilogramm vaznda Umid Esonov, 81 kilogrammda Temurxon Toʻrayev, 90 kilogramm vaznda Muhammadali Shamsiddinov va oʻta ogʻir vaznda Bekzod Karimovlar shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.
Ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda 63 kgda Muxlisa Abdumalikova hamda 78 kgda Shohista Anorovaga teng keladigani topilmadi. Oʻta ogʻir vaznda Gulasal Haydarova kumush medal sohibasiga aylandi
Shu tariqa, Rizamat Soliyev va Dilfuza Rahmatova boshchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari yakunda oltita oltin va bir kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.
Shuningdek, Xalqaro turnir yakuniga koʻra Xitoy Taypeyi terma jamoasi aʼzolari 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medal bilan ikkinchi, Janubiy Koreya terma jamoasi bittadan oltin va kumush, hamda toʻqqizta bronza medalini jamgʻargan holda uchinchi oʻrin boʻldi.