Samarqandlik polvonlar – O‘zbekiston kubogi g‘olibi
Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida mamlakat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida mamlakat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 350 nafar polvon g‘oliblik uchun bellashdi.
Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda mezbon polvonlar Muhammaddo‘st Mahmaniyozov, Umid Abdullayev, Ruslan Boltayev, Samarqand viloyatidan Muhammadali Shamsiddinov, Dilshod Samadov, Behzod Karimov, Toshkent shahridan Abror Jabborov o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida Xorazm viloyatidan Dildora Shermatova, Nasiba Yo‘ldosheva, Kumush Yo‘ldosheva, Rahima Yo‘ldosheva, Surxondaryodan Mohinur Mo‘minova, Namangan viloyatidan Muxlisa Abdumalikova, Andijon viloyatidan Oysuluv Abdumajidova va mezbonlar vakilasi Chinora Xudoyqulova birinchi o‘rinni egalladi.
Mamlakat kubogi uchun erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bellashuvlarda Samarqand viloyati terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Buxorolik polvonlar ikkinchi, Surxondaryo va Andijon viloyatlari jamoalari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.