Polshada Islandiya elchixonasi ochiladi
Joriy yil 1 dekabr kuni Varshava markazida Islandiya diplomatik vakolatxonasi ochiladi.
Islandiya Tashqi ishlar vazirligi o‘tgan yil Polsha hududida elchixona ochish zarurligini ma’lum qilgan edi. Sababi, Polsha o‘zaro munosabat tamoyili buzilgani uchun Reykyavik shahrida 9 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan vakolatxonasini yopib qo‘yishi mumkin, degan xavotir bor edi.
Hozir Polshada Lixtenshteyn, San-Marino, Andorra va Monakodan tashqari Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar hamda qit’aning barcha mamlakatlari elchixonasi bor.
G. Abdullayeva, O‘zA