Alloh taolo insonni barcha narsalarning eng sharaflisi qilib yaratdi.

Alloh taolo insonni barcha narsalarning eng sharaflisi qilib yaratdi. Unga cheksiz neʼmatlar berdi. Oʻzi yaratgan bu ajoyib olamni insonga boʻysunadigan qilib qoʻydi.

Dunyodagi har bir narsa: suv ham, yer ham, togʻ ham, hayvonotu nabotot ham Alloh tomonidan oʻlchov bilan va bir-biriga bogʻliq qilib yaratilgan. Agar bu bogʻlanish bir oz boʻlsa ham buzilsa, insoniyat uchun qator jiddiy muammolar kelib chiqadi. Shuning uchun har bir inson dunyoni, tabiatni pok va sof holatda asrab-avaylashga harakat qilmogʻi lozim. Inson oʻz uyiga qanday eʼtibor bersa, pok saqlasa, atrofga ham xuddi shunday munosabatda boʻlishi shart. Chunki butun yer yuzini Alloh taolo insonlar uchun maskan qilib berdiki, buni “Zoriyot” surasi 48-oyatida shunday bildirib qoʻygan: “Va yerni toʻshab qoʻydik. Biz qandoq ham yaxshi tayyorlaguvchidirmiz”. Goʻdak uchun beshik qanday qarorgoh boʻlsa, yer ham inson uchun shunday qarorgohdir. Qarorgohini pok saqlashga harakat qilish insoniylikning yuksak choʻqqisidir.

Insonning bu dunyodagi masʼuliyati haqida koʻplab hadisi shariflar kelgan, ulardan birida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Bas, barchangiz masʼuldirsiz va barchangiz oʻz masʼuliyatingizdan soʻralursiz”, deydilar. Bu qisqa soʻzlarda olam-olam maʼno bor. Masʼuliyatdan soʻraladigan kun kelishidan oldin, tabiat, atrof-muhit oldidagi masʼuliyatimizni toʻgʻri ado etaylik.

Haqiqatan ham islom dini har narsadan avval insonni ruhiy –maʼnaviy va jismoniy poklikka daʼvat etadi. Alloh subhonahu va taolo Qurʼoni Karimda pok kishilarni xush koʻrishligini bir necha oʻrinlarda marhamat qilgan. Xususan, Tavba surasi 108-oyatda shunday marhamat qiladi: “Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevadir”.

Tozalikka rioya qilish masalasiga sogʻliqni saqlashning muhim omili sifatida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham katta eʼtibor berilgan. Imom Muslim Abu Molik al-Ashʼariy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Poklik iymonning yarmidir”, deydilar. Musulmonlar ommasi ichida esa “Poklik iymondandir” degan hikmat keng tarqalgan. Boshqa bir hadisi sharifda esa: “Poklik kishini iymonga chaqiradi, iymon esa oʻz sohibi bilan jannatda birgadir” deb marhamat qilganlar.

Zero, Alloh oʻzi pok zot va bandlarining ham pok boʻlishlarini xush koʻradi. Shunday ekan, islom dini oʻzining har bir shiorlarida kishilarni poklikka va tozalikka daʼvat etadi.

Allohning insonga bergan ulkan neʼmatlaridan, rizqidan biri suvdir. Suv hayotning asosiy unsuri ekanligi Qurʼoni karimda ham taʼkidlangan. Haqiqatda yer yuzida suvsiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Alloh taolo, “Anbiyo” surasi 30-oyatida: “Barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganmiz” deb marhamat qilgan.

Yana, “Nur” surasi, 45-oyatida: “Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi”. deydi. Bundan barcha jonli koinotning asli ham, tarkibi ham suv ekani kelib chiqadi. Buni ilmiy tajribalar ham koʻrsatgan. Inson jismining 76 foizini suv tashkil qiladi. Shuningdek, suv boshqa tirik jonzotlarning ham asosiy unsurini tashkil qiladi. Nabotot olamini ham suvsiz tasavvur qilish qiyin.

Har bir inson suvni ifloslashdan va isrof qilishdan tiyilishi, undan tejamkorlik bilan foydalanishi, qadriga yetishi shartdir.

Bobo-buvilarimizning chiqindini ariqqa supurma, suvga tupurma, noloyiq joylarga oʻtirma, koʻchalarga axlat tashlama degan oʻgitlari doimo yodimizda boʻlmogʻi zarur. Hayotimizda shu yer ustida yashayotgan boʻlsak, vafot etganimizdan keyin ham shu yer bagʻrida yotamiz. Oʻzimizning uzoq muddat maskanimiz boʻladigan bu yerni obod qilish, oʻzimiz va kelajak avlodlarimiz uchun foydadir. Atrofimizni, tabiatni turli zararli chiqindilardan va ifloslanishdan saqlasak, oʻzimiz va kelajagimiz hayotini saqlagan boʻlamiz. Kim uyi iflos boʻlishini, chiqindilar sochilib yotishini istaydi, hech kim. Faqat hovli va uylarimiz emas, mahalla, shahar va mana shu vatan ham oʻzimizniki. Uning ozodligiga barchamiz masʼulmiz. Vatanimiz obodligiga oʻz hissamizni qoʻshaylik.

Maʼlum boʻlishicha, koʻpgina mikroblar inson aʼzosiga teri orqali kirar ekan. Shuning uchun, tibbiyotda qoʻllarni va boshqa aʼzolarni tez- tez yuvib turishlik tavsiya etiladi. Bugungi kunda keng tarqalgan koronavirus kasalligida ham muntazam tahoratda yurish va aʼzolarni sovun bilan yuvib turishlik koni foyda boʻladi.

Mamlakatimizning 94 foizini musulmonlar tashkil qiladi. Xalqimizga qanday soha boʻlishidan qatʼi nazar nopoklik yarashmaydi. Baʼzan kishilar yoʻlda ketayotib mashinasidan turli axlatlarni tashlab yuborishadi. Bu nafaqat musulmonchilikka, balki, bizning milliy qadriyatlarimizga ham toʻgʻri kelmaydi. Ota-bobolarimiz bunaqa nopoklikni koʻrmagan, bunaqa nopok boʻlmagan. Lekin biz qayerdan oldik?

Minglab fiqh va hadis kitoblarini ochishingiz bilan birinchi boʻlib “Poklik kitobi”ga koʻzingiz tushadi. Har bir musulmon erkak va ayol oʻzining birinchi darsini poklikni oʻrganish ila boshlaydi. Islomdagi ibodatlarning barchasiga bandaning badani, kiyim-boshi va makoni pokiza boʻlishi asosiy shartlardan biri qilib olingan.

Mutaxassislar koronavirus xastaligini yuqtirmaslik, uni oldini olish uchun kerakli tavsiyalarini muttasil berib kelmoqda. Ana shu tavsiyalarning negizi bir ildizga – poklikka, tibbiyot tili bilan aytganda gigiyenaga borib taqalmoqda. Bugun hovli-joylarni toza tutish sogʻliqni saqlashning muhim omillaridan biri ekanini hamma juda yaxshi tushunib yetadi. Yana shunga oʻxshash koʻchalarni va boshqa ommaviy joylarni pokiza tutishga oid koʻrsatmalar ham koʻp.

Darhaqiqat, inson, uning qalbi pok boʻlar ekan, hech qachon oʻzgalarga, atrof-muhitga zarar keltirmaydi. Poklikning fazilati uning inson hayotidagi ahamiyati borasida ulugʻlarimizdan koʻplab ibratli soʻzlar kelgan. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham oʻzlarining “Arbaʼin” kitoblarida poklikka alohida urgʻu berib, bir hadisi sharifni sheʼriy ifodalaganlar:

Gar hamisha tahorating boʻlsa,

Arigʻay foqa chirki ul suvdin,

Tohir oʻl, istasang fuzun roʻziy,

Xosir ulkim, iturdi bu soʻdin…

“Agar doimo pok boʻlsang, qashshoqlik sendan ariydi. Rizqing moʻl-koʻl boʻlishini istasang, pok boʻl. Ozodalikka eʼtibor bermagan inson haqiqiy ziyondadir”.

Rivoyat qilinishicha, podshoh bir shaharga voliy (hokim) tayinlaydi. Voliy ish boshlashdan avval podshohdan maslahat olib, u yerlik aholi bilan qanday munosabatda boʻlishi kerakligini soʻraydi. Podshoh: “U shaharga borib, koʻchalarining tozaligiga eʼtibor ber. Koʻchalari, yoʻllarini pokiza tutganlar oʻz hovlilarini ham toza tutadilar. Ariqlarini ham pokiza tutsalar, bu ularning eʼtiqodlari ham samimiyligiga dalolat boʻladi. Qabristonlarini ham borib koʻrgin, agar qabr atroflari tozalangan boʻlsa, u xalq oʻtganlarining ruhini shod qilishga harakat qilgan boʻladilar”, dedi.

Ayni vaqtda koʻcha va ariqlar tozaligiga yetarli darajada eʼtiborli boʻla olmayapmiz. Boz ustiga, sunʼiy ravishda ariqlarni ifloslantiryapmiz. Oqib oʻtadigan ariqdan kelayotgan narsalarni koʻrib, hayratdan yoqa ushlaysan kishi. Yoki oshxona, hammom, hatto molxonasining chiqindilarini ariqlarga oqizib qoʻyganlarni kim deyish mumkin?

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan bir hadisi sharifda quyidagicha marhamat qilinadi: “Bir kishi yoʻlda ketayotib, tikonli shox-shabbaga koʻzi tushdi va: “Allohga qasam, agar shuni olmasam, birorta musulmonga zarar beradi”, deb uni olib tashladi va Alloh taolo shu ishi sabab uning gunohini kechdi”. Butun jahonga oʻz taʼlimoti bilan maʼlum va mashhur boʻlgan ajdodimiz Bahouddin Naqshband hazratlari kechalari turib, oʻtgan ketganga xalal beradigan narsalarni yoʻldan olib tashlar ekanlar. Mana shu ezgu ishlari tufayli ham Alloh taolo u kishiga ana shunday oliy maqomlarni nasib qilgan. Zero, poklik va sarishtalikda hikmat bisyor. Poklik, ozodalik bor joyga Allohning barakasi yogʻiladi. Shu bois ham nafaqat, hovli-joyimizni balki, koʻchamizni, ishxonamizni, bogʻ-rogʻlarimizni hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalarini ham toza va ozoda saqlashga tirishamiz.

Xonadonlarimizni ozoda saqlashning yaxshi tomonlari haqida uzoq soʻzlash mumkin. Toza uyda kishining bahri dili ochiladi, kayfiyati koʻtariladi. Sarishta uyda totuvlik, mehr-oqibat ham mustahkamlanadi.

Darvozadan kirishi­ngiz bilan atrof obod, yashil daraxtlarga burkangan, gulu rayhonlar barq urib turganiga koʻzingiz tushsa, beixtiyor qalbingiz yayraydi. Orastalik, ozodalik hukmron xonadondan fayz yogʻilib turadi. Farishtali uy, fayzli uy kabi iboralar ham aynan sarishta boʻlgan xonadonlarga nisbatan ishlatiladi.

Alloh taolo Odamni yaratib, insoniyatga yer kurrasini yashash uchun manzil qilib berdi. Yerni adolat bilan boshqarish va uning obodligi va tozaligini insonni zimmasiga yukladi. Azizlar har vaqt har joyda tozalik va poklik odoblariga rioya qilishni aslo unutmaylik, zero poklik iymondandir deb bejiz aytilmagan.

Rahmatillo USMONOV,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining
Qashqadaryo viloyatidagi vakili,
viloyat bosh imom-xatibi

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poklik, ozodalik bor joyda baraka boʻladi