Pokistonning sobiq prezidenti vafot etdi
Pokistonning sobiq prezidenti Mamnun Husayn 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar tarqatdi Geo TV telekanali.
Xabarda aytilishicha, sobiq prezident saraton xastaligi bilan og‘rigan va keyingi ikki hafta davomida xususiy kasalxonada davolangan.
Mamnun Husayn 2013-2018 yillarda Pokistonga prezident bo‘lgan. Bundan avval u Sind viloyatiga gubernatorlik qilgandi. Husayn mamlakatning sobiq bosh vaziri Navoz Sharifning safdoshlaridan hisoblanadi. Ikki ishda qoralanayotgan sobiq bosh vazir hozir Buyuk Britaniyada yashamoqda.