Piskent tumanida zaʼfaron oʻsimligi yetishtirilmoqda
Shafran (zaʼfaron) oʻsimligining inson salomatligi uchun nechogʻlik foydali va dorivor ekanligi tibbiyotga yaxshi maʼlum.

Bu shifobaxsh oʻsimlik rangni chiroyli, koʻzni ravshan, fikrni teran qilib, yurakka quvvat beradi. Shuningdek, u nafas aʼzolarini sogʻlom qila olish xususiyatiga ham ega. Shu bois, bu oʻsimlikka dunyo olimlari “ziravorlar sardori” hamda “qizil oltin” deb taʼrif beradi.
Toshkent viloyati Piskent tumanida faoliyat yuritayotgan “TURON BIZNESS LIMITED” masʼuliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda shafran oʻsimligini yetishtirishni yoʻlga qoʻygan. Tuman hokimligining tegishli qaroriga koʻra, 2018-yilda mazkur korxonaga ushbu dorivor oʻsimlikni parvarishlash uchun 14,2 gektar yer maydoni ajratilgan edi.
Loyiha asosida 2019-yilda mazkur oʻsimlik urugʻi Afgʻonistondan tajriba tariqasida olib kelib ekildi. Natijalar esa qisqa fursatda boʻy koʻrsatib, hududda oʻsimlikning koʻpaytirilishiga erishildi. Hozirgi kunda hududdagi 4 gektar yerda shafran oʻsimligi yetishtirilmoqda.
Afgʻoniston davlati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 1 million 400 ming dollarni tashkil etib, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritilishi hisobiga amalga oshirilmoqda.
Kelgusida loyiha tashabbuskorlari tomonidan oʻsimlik yetishtirish hajmi salmoqli darajada ortgach Eron, Pokiston, Armaniston, Germaniya va Saudiya Arabistoni davlatlariga eksportga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, unda 40 ta doimiy ish oʻrni yaratildi. Endilikda korxona oʻz faoliyatini kengaytirgach, tashabbuskorlar tomonidan qoʻshimcha 200 ta mavsumiy ish oʻrinlari tashkil etiladi.