Pirotexnika savdosiga yo‘l yo‘q
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
G‘ijduvon shahrida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro Sh.A. tadbirga jalb qilingan shartli xaridorga qiymati 4,4 million so‘mlik 8 ming 800 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda pullayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA