Peshkoʻda gʻalla oʻrimi boshlandi
Buxoro viloyati Peshkoʻ tumani gʻallakorlari yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yigʻishga kirishdi.
Buxoro viloyati Peshkoʻ tumani gʻallakorlari yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yigʻishga kirishdi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov peshkoʻlik gʻallakorlar tomonidan yetishtirilgan gʻalla hosilini koʻzdan kechirdi.
Gʻalla oʻrimini boshlanishida viloyat hokimi oʻrim kombayniga oʻtirib, kombaynchilarga kamarbasta boʻlib, oʻrim jarayonida ishtirok etdi. Gʻalla hosili barakali boʻlishini soʻrat duo qilindi. Viloyatda birinchilardan boʻlib gʻalla oʻrimiga start berildi.
Peshkoʻlik gʻallakorlar joriy yilda davlatga 14 ming 595 tonna gʻalla topshirishni rejalashtirgan.